Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Bugun Toshkentda “O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish” mavzuida O‘zbekiston - Koreya forumi ish boshladi.
Yangilik 11.09.2025

Bugun Toshkentda “O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish” mavzuida O‘zbekiston - Koreya forumi ish boshladi.

Uning avvalida, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev hamda Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi bosh direktori Jeong Yong Ki o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda hamkorlik loyihalarining mavjud holati, galdagi bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va tashabbuslar muhokama qilindi. Xususan, Koreya tajribasiga asoslangan zamonaviy markazlashgan issiqlik ta’minoti texnologiyalarini joriy qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ikki kun davom etadigan forum tomonlar uchun manfaatli bo‘lishi qayd etildi.

Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC)1985 yilda AJ sifatida tashkil etilgan davlat muassasasi hisoblanadi. Mamlakatdagi 2 milliondan ortiq uyni markazlashgan issiqlik ta’minoti, sovutish va elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Korporatsiyaning mamlakat bo‘ylab 6 ta ofis, 19 ta filial va 15 ta issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Milliy operator maqomiga ega.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

16.10.2026

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

Batafsil
Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

14.10.2026

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.10.2026

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil