Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi
Yangilik 16.10.2026

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

Navoiy viloyatida issiqlik ta’minoti tizimi faoliyatini takomillashtirish va qozonxonalardan samarali foydalanish borasida muhim qadam tashlandi.

Prezident qaroriga asosan viloyatdagi 12 ta boshqaruv tashkiloti balansida bo‘lgan 20 ta lokal qozonxona issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazildi.

Ishchi guruh ishtirokida qozonxonalar xatlovdan o‘tkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Natijada, BSK va UJMSH balansidagi 20 ta qozonxona Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tasarrufiga qabul qilindi.

“Hozirda barcha qozonxonalarimiz kuz-qish mavsumiga tayyor. Albatta, qozonxonalarni mavsumga tayyorlash bilan ishimiz tugamaydi. Eng muhimi, qish davomida ularning bir maromda ishlashini ta’minlash, issiqlik yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik. Shu bois qozonxonalar faoliyati doimiy nazoratda” - deydi, Jamiyatning Qozonxonalar filiali boshlig‘i J.Ismayilov.

Endilikda asosiy e’tibor qozonxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli va uzluksiz issiqlik yetkazib berishga qaratiladi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

14.10.2026

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.10.2026

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil
Navoiy shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini barqaror va sifatli issiqlik bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda

02.10.2026

Navoiy shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini barqaror va sifatli issiqlik bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda

Batafsil