Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Yangilik 14.10.2026

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda issiqlik ta’minoti sohasidagi mavjud holat, tarif siyosati, xizmatlar sifatini oshirish hamda tizimni modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, aksariyat hududlarda issiqlik ta’minoti tariflari uzoq vaqt davomida qayta ko‘rib chiqilmagan. Ayni paytda aholi uchun belgilangan tariflar xizmatlar tannarxidan qariyb besh baravar past bo‘lib, ushbu farqning bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanmoqda. Xususan, 2025-yilda bu maqsadlar uchun 3,5 trillion so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2026-yilda 3,8 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimida xizmatlar sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, issiqlik energiyasi tannarxini 15 foizgacha kamaytirish dasturini ishlab chiqish, korxonalarni billing tizimi bilan qamrab olish, hisob-kitoblarni raqamlashtirish hamda issiqlik ta’minoti tizimlarini texnik auditdan o‘tkazish va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, sohani 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan issiqlik ta’minoti sohasi, tariflar va rejalashtirilgan islohotlarga oid savollar berildi. Mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga batafsil javoblar berildi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

16.10.2026

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

Batafsil
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.10.2026

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil
Navoiy shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini barqaror va sifatli issiqlik bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda

02.10.2026

Navoiy shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini barqaror va sifatli issiqlik bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda

Batafsil