Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun «Issiqlikta’minoti» AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoyning Xarbin politexnika universiteti va qator kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va muqobil energiya manbalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xarbin politexnika universiteti va hamkor kompaniyalar vakillariga «Issiqlikta’minoti» AJ bilan davlat-xususiy sheriklik asosida hamkorlik qilish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 12 ta ustuvor loyiha ro‘yxati taqdim qilindi.
Shuningdek, oqava suv energiyasi, geotermal tizimlar va aqlli issiqlik stansiyalari kabi innovatsion texnologiyalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.