Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Loyihaning samarasi aholi bilan ishlashda ko‘rinadi
Yangilik 05.09.2025

Loyihaning samarasi aholi bilan ishlashda ko‘rinadi

Andijon viloyatidagi issiqlik ta’minoti tizimi, amalga oshirilgan ishlar holati “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov tomonidan o‘rganildi.

Viloyatda 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga issiqlik tizimlarini tayyorlash maqsadida hududdagi issiqlik ta’minoti ob’yektlarida 2 km issiqlik tarmog‘ini joriy va mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 0,3 km ish bajarilgan.

“Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2 ta loyihani amalga oshirish belgilangan bo‘lib, 1 ta qozon va 4,4 km issiqlik tarmog‘i tortilishi rejalashtirilgan. Natijada 700 dan ortiq xonadondan iborat 14 ta ko‘p qavatli uy issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Bugungi kunga qadar 1 ta qozon (100%) va 1,6 km (35%) issiqlik tarmog‘ini tortish ishlari bajarilgan.

Loyihalarning hayotga samarali tatbiq qilinishida aholi bilan ishlash, ularni ham shu loyihalarga jalb qilish muhim sanaladi. Ayniqsa ko‘p qavatli uylarning ichki tizimlari qurilishida aholiga tushuntirish ishlarini olib borish ko‘zlangan natijani beradi. Ammo, ayrim yirik loyihalar bajarilishida aholi bilan ishlanmagan holatlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu Andijonda ham kuzatilgan. Shu bois, Sherzod Sultonov Injiniring kompaniya mutasaddilari, mahalla faollarini bir joyga yig‘ib loyihaning odamlar uchun qanchalik foydali ekanini tushuntirdi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
"Issiqlikta’minoti" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirokida Xorazm viloyati aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

22.05.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirokida Xorazm viloyati aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

Batafsil
"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

19.05.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

Batafsil
Toshkentda "Uzbekistan Ethno Games" Respublika etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda

15.05.2026

Toshkentda "Uzbekistan Ethno Games" Respublika etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda

Batafsil