Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Qurilish sohasida strategik hamkorlik sari: vazirlar uchrashuvi
Yangilik 27.08.2025

Qurilish sohasida strategik hamkorlik sari: vazirlar uchrashuvi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasi Uy-joy, qishloq va shahar qurilish vaziri Janob Ni Hong boshchiligidagi delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar qurilish, shaharsozlik sohasidagi mavjud hamkorlik holatini tahlil qildilar. Mazkur yo'nalishda tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari ham muhokama etildi.

Shu bilan birga hamkorlik qamrovini kengaytirish, jumladan:

- Markaziy Osiyo mamlakatlari ishtirokida xalqaro qurilish va shaharsozlik forumlarini tashkil etish,

- mintaqaviy miqyosdagi tajriba almashinuvi maydonlarini yaratish kabi yirik tashabbuslar ilgari surildi.

Sherzod Hidoyatov Xitoyning dunyo qurilish bozoridagi muhim o‘rni va global ahamiyatini alohida e’tirof etdi.

- O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi qurilish sohasi hamkorligi yildan-yilga yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Biz hamkorlikni nafaqat yirik infratuzilma loyihalarida, balki ilmiy, texnologik va inson resurslarini rivojlantirish yo‘nalishlarida ham chuqurlashtirishdan manfaatdormiz, - dedi vazir.

Janob Ni Hong ham o‘z navbatida O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi jadal rivojlanish sur'atlarini alohida e’tirof etdi hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik islohot va bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.

- O‘zbekiston bilan shaharsozlik, kommunal xizmatlar va innovatsion qurilish texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyormiz,- deya ta'kidladi Janob Ni Hong.
Ushbu uchrashuv O‘zbekiston–Xitoy hamkorligini strategik darajada yangi bosqichga olib chiqish sari muhim qadam bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
"Issiqlikta’minoti" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirokida Xorazm viloyati aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

22.05.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirokida Xorazm viloyati aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

Batafsil
"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

19.05.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

Batafsil
Toshkentda "Uzbekistan Ethno Games" Respublika etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda

15.05.2026

Toshkentda "Uzbekistan Ethno Games" Respublika etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda

Batafsil