Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Bugun «Issiqlikta’minoti» AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Yangilik 28.09.2026

Bugun «Issiqlikta’minoti» AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Unda Jahon banki ishtirokidagi «Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish» loyihasini yakunlash bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Uchrashuvda to‘rtta shahardagi asosiy va qo‘shimcha loyihalar birma-bir ko‘rib chiqildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, obyektlarni foydalanishga qabul qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlar gaplashib olindi. Jahon banki bilan hamkorlikdagi mazkur loyiha joriy yilning oktyabr oyi so‘nggiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha doirasida bank tomonidan 140,0 mln AQSH dollari mablag‘ ajratilgan bo‘lib, quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

- 385 MVt quvvatga ega qozonxonalar rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi;

- 89,8 km issiqlik tarmog‘i almashtirildi;

- 1296 ta individual issiqlik punkti o‘rnatidi;

- 1034 ta ko‘p qavatli uyning ichki isitish tizimi tiklandi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

16.10.2026

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

Batafsil
Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

14.10.2026

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.10.2026

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil