Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
Yangilik 22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Bugun vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda Barqaror issiqlik ta’minoti dasturini amalga oshirish, jumladan, Global ekologik jamg‘arma (GEF) ko‘magini jalb qilish imkoniyatlari, Hukumatning issiqlik ta’minoti sohasidagi maqsad va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, yangi dasturning milliy islohotlar bilan uyg‘unligi muhokama qilindi.

Shuningdek, “Markazlashtirilgan issiqlik energiyasi samaradorligi loyihasi (DHEEP)”ning amalga oshirilish jarayoni, erishilgan asosiy natijalar, loyihani yakunlash muddatlari hamda keyingi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida yangi dastur doirasida natijalarga asoslangan moliyalashtirish yondashuvi, dasturning dastlabki qamrovi va amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Alohida ta’kidlanganidek, asosiy maqsad — aholini sifatli va uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish orqali issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatini yanada oshirishdan iborat.

Yakunda tomonlar issiqlik ta’minoti sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, energiya samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish borasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

16.10.2026

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

Batafsil
Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

14.10.2026

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.10.2026

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil