Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Bugun “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Osiyo taraqqiyot banki Bozorlar rivojlanishi va DXSH idorasi bo‘lim direktori Muhammad Azim Hoshimi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yangilik 04.08.2025

Bugun “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Osiyo taraqqiyot banki Bozorlar rivojlanishi va DXSH idorasi bo‘lim direktori Muhammad Azim Hoshimi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugungi kunda umumiy qiymati 90 mln AQSH dollariga teng “Buxoro shahrida markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimini DXSH asosida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi OTB bilan hamkorlikda amalga oshayapti.

Unga ko‘ra:

▪️RK-3 qozonxonasida 15 MVt elektr va 14 MVt issiqlik quvvatiga ega kogeneratsiya qurilmasi o‘rnatiladi;

▪️4 ta markaziy va 18 ta kichik qozonxona modernizatsiya qilinadi;

▪️44.5 km issiqlik tarmog‘i yangilanadi;

▪️459 ta individual issiqlik punktlari va aqlli hisoblagichlar o‘rnatiladi;

▪️gaz va elektr tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi.

Natijada, 459 ta ko‘p qavatli uy issiqlik bilan taʼminlanadi, kogeneratsiya texnologiyasi orqali elektr energiyasi ham ishlab chiqariladi, issiqlik tizimi samaradorligi va moliyaviy barqarorligi oshiriladi, mahalliy mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Qurilish ishlari 2026 yildan boshlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuvda, ushbu loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda OTBning moliyaviy hamda ekspertlik ko‘magi muhim o‘rin tutishi alohida taʼkidlandi.

Muloqotda, DXSHni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ham kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
"Issiqlikta’minoti" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirokida Xorazm viloyati aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

22.05.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirokida Xorazm viloyati aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

Batafsil
"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

19.05.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

Batafsil
Toshkentda "Uzbekistan Ethno Games" Respublika etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda

15.05.2026

Toshkentda "Uzbekistan Ethno Games" Respublika etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda

Batafsil