Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

“Yangi Navoiy” shaharchasining issiqlik ta’minoti loyihalari ko‘zdan kechirildi
Yangilik 09.07.2026

“Yangi Navoiy” shaharchasining issiqlik ta’minoti loyihalari ko‘zdan kechirildi

Ayni paytda "Issiqlik ta’minoti" AJ Boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Navoiy shahrida barpo etilayotgan “Yangi Navoiy” shaharchasini zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan joyida tanishmoqda.

Shuningdek, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini barpo etish, magistral va taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarini qurish, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda istiqboldagi iste’molchilarni uzluksiz va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan loyiha yechimlari muhokama qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, “Yangi Navoiy” shaharchasining birinchi bosqichida 30 ga yaqin ko‘p qavatli turar joylar hamda Navoiy davlat pedagogika universitetining 1-bosqich obyektlari markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulanadi. Mazkur loyiha hududdagi iste’molchilarni uzluksiz va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, zamonaviy shahar infratuzilmasini shakllantirish hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

16.10.2026

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

Batafsil
Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

14.10.2026

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.10.2026

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil