Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Ta’mirlash ishlarida sifat va muddatga alohida e’tibor qaratilishi kerak!
Yangilik 30.07.2026

Ta’mirlash ishlarida sifat va muddatga alohida e’tibor qaratilishi kerak!

Shu kunlarda “Veolia Energy Tashkent” XK MCHJ tomonidan Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan diametri 530 millimetr, umumiy uzunligi 1 540 metr bo‘lgan magistral issiqlik quvurini rekonstruksiya qilish va yangilash ishlari olib borilmoqda.

“Issiqlikta’minoti” AJ Boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev ushbu obyektdagi ta’mirlash ishlarining borishini o‘rgandi.

Xususan, amalga oshirilayotgan texnik ishlar, foydalanilayotgan materiallar bilan yaqindan tanishdi.

Qurilish-ta’mirlash jarayonida ko‘zga tashlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Aytish kerakki, mazkur qurilish-rekonstruksiya ishlari 25-iyuldan boshlanib 40 kun davom etishi belgilangan. Biroq, aholiga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun muddatni yanada qisqartirish maqsad qilingan.

Shuningdek, Boshqaruv raisi Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Bu yerda ham yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar mas’ullarga ko‘rsatib o‘tildi.

Albatta, shu kabi rekonstruksiya ishlari kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, avariya holatlarining oldini olish hamda aholiga sifatli va uzluksiz issiqlik xizmatini ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

16.10.2026

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

Batafsil
Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

14.10.2026

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.10.2026

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil