Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: issiqlik tarmoqlari yangilanmoqda
Yangilik 10.06.2026

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: issiqlik tarmoqlari yangilanmoqda

Angren shahar aholisini kelgusi mavsumda uzluksiz va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Angren shahar issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda. Xususan, hozirda korxona ishchilari tomonidan “Istiqlol” va “Mustaqillik” MFYlar hududida bir qator muhim texnik tadbirlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Ishlar doirasida “Istiqlol” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar oldidan o‘tgan diametri 159 mm bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurlari to‘liq yangilandi. Shu bilan birga, tizimdagi issiqlik yo‘qotilishining oldini olish maqsadida “Mustaqillik” mahallasida 40 metr uzunlikdagi quvurlar zamonaviy issiqlik saqlovchi qoplamalar (izolyatsiya) bilan o‘rab chiqildi. Bundan tashqari, tarmoq barqarorligini ta’minlash uchun mazkur mahalla hududida joylashgan turli diametrdagi (50 mm dan 150 mm gacha bo‘lgan) jami 35 ta ochib-yopish moslamalari (zadvijka va ventillar) to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’mirlandi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

16.10.2026

Navoiyda 20 ta qozonxona Jamiyat tizimiga o‘tkazildi

Batafsil
Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

14.10.2026

Bugun energiya tariflari islohoti va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

02.10.2026

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil