Bayram munosib kutib olinadi!
"Issiqlikta’minoti" AJ markaziy apparati hamda tizim korxonalari ishchi-xodimlari ishtirokida yaqinlashib kelayotgan muqaddas Qurbon hayitini munosib kutib olish, bayram kunlarida tizimning uzluksiz faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan uchrashuv tashkil qilindi.
ㅤ
Dastavval, "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev yig‘ilganlarni va ular orqali butun soha xodimlarini ulug‘ ayyom - Qurbon hayiti bilan qutlab, mas’uliyatli va sharafli mehnatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Xodimlar va ularning oila a’zolariga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik hamda xonadonlariga fayzu baraka tiladi.
ㅤ
Bayram munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.Qayd etilganidek, shu kunlarda tizim korxonalarida tunu kun navbatchilik tashkil qilinadi. Avariya holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha guruhlar faoliyat yuritadi.Iste’molchilar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish maqsadida mahalliy hokimliklar va ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilishi belgilandi.