Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

“Issiqlikta’minoti” AJ tizimida mehnat muhofazasi va xavfsizlik holati o‘rganilmoqda
Yangilik 01.05.2026

“Issiqlikta’minoti” AJ tizimida mehnat muhofazasi va xavfsizlik holati o‘rganilmoqda

“Issiqlikta’minoti” AJ Boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan, hududiy bo‘linmalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi Termiz shahri, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida joylashgan qozonxonalar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Ish jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan qat’iy talablar mavjud:

⏺ish joylarini mehnat muhofazasi talablariga to‘liq moslashtirish;

⏺xodimlarni doimiy ravishda yo‘riqnomalar (instruktaj) bilan tanishtirib borish va maxsus himoya vositalari (kiyim, kaska, qo‘lqop va b.) bilan ta’minlash;

⏺o‘quv va sinovdan o‘tmagan xodimlarni ishga qo‘ymaslik;

⏺ish jarayonida naryad-ruxsatnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish;

⏺xavfli hududlarni to‘siqlar va ogohlantiruvchi belgilar bilan ta’minlash.

Bu kabi nazorat tadbirlari tizimning barcha hududiy tashkilotlarida davom ettiriladi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
"Issiqlikta’minoti" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirokida Xorazm viloyati aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

22.05.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirokida Xorazm viloyati aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

Batafsil
"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

19.05.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

Batafsil
Toshkentda "Uzbekistan Ethno Games" Respublika etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda

15.05.2026

Toshkentda "Uzbekistan Ethno Games" Respublika etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda

Batafsil