Shu kunlarda yurtimizda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlanayapti
Bayram tadbirlarida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi xodimlar mehnati e’tirof etilmoqda. Xususan, “Issiqlikta’minoti” AJ va tizim tashkilotlarida ishlab kelayotgan bir guruh mutaxassislar “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
Mukofotlarni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov hamda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev topshirib, soha xodimlarining mashaqqatli va sharafli mehnatlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Barcha kommunal soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, soha fidoiylari!