63 yil xizmat qilgan qozonxona bilan “xayrlashiladi”
Bugun “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Navoiy shahridan 300 kilometr olisda, aniqrog‘i Uchquduq shahrida yangi qurilgan zamonaviy qozonxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔴Maʼlumot o‘rnida qayd etish joiz, Uchquduq markaziy qozonxonasi 1962 yilda qurilgan bo‘lib, oradan 63 yil o‘tgan va u maʼnan eskirgandi.
Yangidan qurilgan qozonxonada har birining quvvati 21 MVt bo‘lgan 5 dona qozon ishga tushiriladi. Bu esa qo‘shimcha quvvatlar, iqtisodiy tejamkorlik bilan birga aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.
Hududda ayni paytda 300 dan ortiq ko‘p qavatli uy, 8 626 ta xonadon, 32 817 nafar aholi istiqomat qiladi. Qolaversa, 17 ta ijtimoiy soha obyekti, 9 ta yuridik tashkilot va 50 dan ortiq 1 qavatli kotejlar mavjud. Yana 18 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa aholining markazlashgan issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabini oshirishi tabiiy.
Shuningdek, boshqaruv raisi hududda kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarini tanqidiy muhokama qildi. Belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi qayd etildi.