Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Matbuot anjumani ma’lumotlari
Yangilik 15.04.2026

Matbuot anjumani ma’lumotlari

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qarori sohada yangi davrni boshlab berdi. Mazkur hujjatga asosan “Issiqlik ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati ish boshladi va tizimdagi 23 ta korxona mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etildi. Bu o‘zgarishlar sohada yagona boshqaruvni joriy etish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va xizmatlar sifatini oshirishga katta turtki bo‘ldi.

Birinchi navbatda, tarmoq qamrovini kengaytirish borasidagi natijalarga to‘xtalsam. Jamiyat tashkil etilganidan buyon o‘tgan qisqa davrda markaziy issiqlik ta’minotiga ulangan ko‘p kvartirali uylar soni 16 029 tadan 16 610 taga yetdi. Bu – qo‘shimcha 581 ta uy va 292 ta ijtimoiy soha obyekti yangidan qamrab olinganini anglatadi.  Natijada, bugungi kunda respublika bo‘yicha 761 mingdan ortiq xonadon, 2,5 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyekti markazlashgan issiqlik energiyasi bilan qamrab olinmoqda.

Hozirda tizimda 560 ta qozonxona va 4 ming kilometrdan ortiq issiqlik tarmoqg‘i mavjud. Joriy yilning birinchi choragida tizim tashkilotlari tomonidan 3,9 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi. Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 11,4 mln Gkalga yetkazishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, qozonxonalar quvvatini yil yakunigacha 8,7 ming Gkal/soatga yetkazish ustida ishlayapmiz.

Jamiyatimiz uchun moliyaviy intizom eng ustuvor vazifalardan biri sanaladi. 2025-yilda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlash natijasida debitor qarzdorlikni 286,1 mlrd so‘mga qisqartirishga erishdik. Kreditor qarzdorlik esa 656,1 mlrd so‘mga kamaygan. Bu sohaning iqtisodiy barqarorligi tiklanayotganidan dalolat beradi.

Afsuski, tizimda yo‘qotishlar darajasi hali ham yuqori, 2025 yilda yo‘qotishlar xajmi (27%) bo‘lgan. Biroq, biz joriy yil yakuniga qadar yo‘qotishlarni 24,5 foizgacha qisqartirishni rejalashtirganmiz.

Tizimdagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida jamiyat tarkibida markaziy distpecherlik hizmati tashkil etilib, hududlardagi issiqlik ta’minoti obyektlari ish faoliyati nazorat qilib borildi. Yuzaga kelgan avariya holatlari tahlil qilinib, 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumi tayyorgarlik ko‘rish dasturi doirasida jami 124 ta qozonlarni, 113,1 km issiqlik tarmoqlarini va 91 ta yordamchi uskunalarni mukammal va joriy ta’mirlanishi bo‘yicha dastlabki manzilli dastur shakllantirildi.

Sohani modernizatsiya qilishda xalqaro tajribadan keng foydalanyapmiz.  Xususan:

1. Saudiya Arabistonining “Saudi Tabreed” kompaniyasi bilan Nukus shahrida kogeneratsiya va Buhoro shahrida trigeneratsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Nukus shahrida amalga oshadigan loyihaning o‘zi qariyb 50 mln AQSH dollarini tashkil qiladi. Shundan birinchi bosqichda 20,3 mln AQSH dollari jalb etiladi. Bu bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

2. Janubiy Koreyaning Uy-joy xizmati va kommunal boshqaruv texnologiyalari (HSCMT) kompaniyasi bilan Angren va Olmaliq shaharlarida “Sun’iy intellektga asoslangan issiqlik energiyasini boshqarish” bo‘yicha 2 mln 300 ming AQSH dollar qiymatdagi anglashuv memorandumini imzoladik.

Hurmatli jurnalist va blogerlar! Bizning asosiy maqsadimiz – xalqimizga sifatli va uzluksiz issiqlik energiyasini yetkazib berish hisoblanadi. 2025 yilning o‘zida tashkiliy-texnik tadbirlar natijasida 13,8 mln.m³ tabiiy gaz va 15,2 mln.kVt elektr energiyasi iqtisod qilindi. Qozonxonalarning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) 84,5 foizdan  89,8 foizga ko‘tarildi. Shuningdek, atmosferaga zararli moddalar tashlanishi 204 ming tonnaga kamaydi.

 2025-yilda tizim korxonalari 100 mlrd so‘m foyda ko‘rgan bo‘lsa, 2026-yilda sof foydani 288 mlrd so‘mga yetkazishni ko‘zda tutganmiz. Bu mablag‘lar tizimni yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, tizimni takomillashtirish bo‘yicha qonunchlik hujjatlariga qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Issiqlik ta’minoti sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida” 2025-yil 10-dekabrdagi 781-son qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bunga asosan, Jamiyat tarkibidagi hamda davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narxlar (tariflar) Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solinishi belgilandi. Bunda:

1.“2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” 2025-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-1105-son Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

2. Issiqlik ta’minoti tariflarini shakllantirish metodikasi ishlab chiqilib, Prezident Administratsiyasining ijobiy xulosalari olindi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanish jarayonida.

3. Issiqlik ta’minotidagi yo‘qotishlarni aniqlash qo‘llanmasiga o‘zgartirishlar kiritilib, tegishli tashkilotlarga o‘rnatilgan tartibda kelishish uchun yuborildi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Shu kunlarda yurtimizda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlanayapti

17.04.2026

Shu kunlarda yurtimizda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlanayapti

Batafsil
2025-yilda 13,8 mln m³ tabiiy gaz va 15,2 mln kVt elektr energiyasi tejaldi

15.04.2026

2025-yilda 13,8 mln m³ tabiiy gaz va 15,2 mln kVt elektr energiyasi tejaldi

Batafsil
Anjumanda isitish mavsumi yakunlari hamda tizimni modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda

15.04.2026

Anjumanda isitish mavsumi yakunlari hamda tizimni modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda

Batafsil