Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda
Ayni kunlarda Navoiy viloyatida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, issiqlik ta’minoti tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ direktori Navoiy shahri hududida amalga oshirilayotgan ta’mirlash va yangilash ishlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.
Mutasaddilarga ishlarni sifatli bajarish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Mavsumga tayyorgarlik ishlarini joriy yilning 1-oktyabriga qadar to‘liq yakunlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Navoiy shahrida 15 kilometrdan ortiq issiqlik quvurlari yangilandi.