Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

31.03.2026

Xabar berganimizdek, shu kunlarda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev O‘zbekiston delegatsiyasi bilan Xitoyning Chunsin shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xabar berganimizdek, shu kunlarda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev O‘zbekiston delegatsiyasi bilan Xitoyning Chunsin shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun o‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyning tog‘-kon va muhandislik sohasidagi eng yirik tashkilotlaridan biri - China Coal Technology and Engineering Group xoldingiga qarashli loyiha-muhandislik kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Aytish kerakki, ushbu kompaniya 70 yildan ortiq tajribaga, 27 000 xodimga va 100 dan ortiq ilmiy-tadqiqot platformalari ega. Murakkab muhandislik va texnologik vazifalarni hal qila oladigan, davlat kafolati mavjud bo‘lgan professional loyiha instituti sanaladi.

Kompaniya o‘z xizmatlarini dunyoning 30 dan ortiq mamlakatiga eksport qiladi. Jumladan, Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrika mintaqalarida yirik investisiyaviy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston bozorida ham tog‘-kon sanoatini modernizatsiya qilish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishonchli hamkor sifatida tanilgan.

Xitoyning qariyb barcha yirik konlarining xavfsizlik va texnologik “miya”sini aynan shu kompaniya ishlab chiqqan.

Delegatsiyaga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov rahbarlik qilmoqda.