Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

30.03.2026

O‘zbekiston delegatsiyasi Chunsin shahrida Xitoyning ilg‘or infratuzilma loyihalari bilan tanishmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Chunsin shahrida Xitoyning ilg‘or infratuzilma loyihalari bilan tanishmoqda

Shu kunlarda mamlakatimizning qurilish, kommunal, loyiha tashkilotlari vakillaridan iborat bir guruh mutaxassislar Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida xizmat safari bilan bo‘lib turishibdi. Ular tarkibida “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev ham ishtirok etmoqda.

Bugun delegatsiya a’zolari Chunsin shahri hokimligi rahbariyati bilan uchrashib, shaharning umumiy potensiali bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, ko‘p yillik tajribaga ega, Amerika, Osiyo va Yevropa hududlarida dunyodagi eng ilg‘or, murakkab va nufuzli infratuzilma loyihalarini amalga oshirib kelayotgan “TYLin Group” sanoat parki bilan tanishdilar.

Delegatsiyaga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov rahbarlik qilmoqda.