23.02.2026
Buxoroda hududiy issiqlik taʼminoti mutaxassislari jam bo‘ldi
Buxoro davlat texnika universitetida “OmZIT Energomash” MCHJ tomonidan zamonaviy, energiya samarador texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarga Buxoro, Navoiy, Samarqand, Xorazm hamda Jizzax viloyatlaridagi “Issiqlik taʼminoti” MCHJlar mutasaddilari taklif etildi. Unda sohada energiya tejamkor uskunalar, innovatsion yondashuvlar hamda zamonaviy texnik yechimlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Bu issiqlik taʼminoti tizimida energiya samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.