Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

21.02.2026

Buyuk sivilizatsiya izlaridan

Buyuk sivilizatsiya izlaridan

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda “Issiqliktaʼminoti” AJ xodimlari uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga maʼnaviy-maʼrifiy ekskursiya tashkil etildi. Xodimlar boy madaniy qadriyatlarimiz hamda yurtimizdan chiqqan buyuk allomalarning ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdi.

Markazda joylashgan noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar, qadimiy asarlar va zamonaviy interaktiv ekspozitsiyalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, islom sivilizatsiyasining fan, taʼlim, tibbiyot, meʼmorchilik va madaniyat sohalari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida berilgan maʼlumotlar jamoada katta qiziqish uyg‘otdi. Buyuk ajdodlarimiz — allomalar va mutafakkirlar merosi yurtimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.

Markazda qo‘llanilgan o‘ziga xos qurilish yechimlari esa alohida mavzu.