21.02.2026
Yashil makon — Navoiyda yashil kelajak sari amaliy qadamlar
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham keng ko‘lamli amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Loyiha doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini saqlash, ularni muntazam parvarishlash ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonda har bir ko‘chatga alohida eʼtibor qaratilayotgani eʼtiborga molik.
Xususan, Navoiy viloyati “Issiqlik taʼminoti” MCHJ xodimlari tomonidan ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, ularning o‘sishini taʼminlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar uchun ham sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.