Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

20.02.2026

Qarshilik emas, to‘g‘ri tanlov qiling!

Qarshilik emas, to‘g‘ri tanlov qiling!

Andijon shahridagi RK-2 qozonxonasi 2023 yilning noyabr oyidan boshlab aholiga issiqlik energiyasini yetkazib bermoqda. Ammo, ayrim xonadon egalari markazlashgan issiqlikka ulanishni istashmay, qarshilik ham ko‘rsatishgan.

Xususan, RK-2 qozonxonasi tomonidan jami 270 ta ko‘p qavatli uyga issiqlik energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 263 ta uyga to‘liq xizmat ko‘rsatilmoqda. Bugungi kunda ham aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, markazlashgan tizimga ulanmay qolib ketgan xonadonlarni tizimga ulash ishlari olib borilmoqda. Bu ham havfsiz ham sifatli.

Eslatib o‘tish joiz, agarda Siz ko‘p qavatli uyda yashasangiz, uyingizni markazlashgan issiqlik tizimiga ulayotgan bo‘lsa qarshilik ko‘rsatmang! Markazlashgan issiqlik - uyingizni gaz yoki turli qo‘lbola pechkalar yoqib isitishdan ko‘ra ming marta yaxshi va xavfsiz!