19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurash davom etadi!
Navoiy viloyati “Issiqlik taʼminoti” MCHJning markazdan anchagina olisda joylashgan Uchquduq, Zarafshon hamda Zafarobod filiallarida “Korrupsiya – kelajagimiz kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Ularda “Issiqliktaʼminoti” AJ raisining Rejim va maxsus masalalar bo‘yicha maslahatchisi G‘.Nazarov, viloyat “Issiqlik taʼminoti” MCHJ direktori A.Bo‘riyev hamda jamiyat va filial xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy barqarorlik va tizim samaradorligiga salbiy taʼsiri atroflicha muhokama qilinib, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi.
Muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlarda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, har bir xodim faoliyatida halollik, masʼuliyat va fidoyilik ustuvor mezon bo‘lishi lozimligini qayd etdilar. Fuqarolar bilan ishlashda ochiqlikni taʼminlash, xizmat intizomini mustahkamlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berildi.