16.02.2026
Olis Zarafshonda sayyor qabul tashkil qilindi
Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ direktori Anvar Bo‘riyev Zarafshon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda aholi issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammo va takliflarini bildirdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglanib, ularni tezkor va samarali hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, joylarda mavjud masalalarni tizimli hal etish hamda xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan.