12.02.2026
Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJning avariya guruhi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam qo‘yildi
Jamiyat tasarrufiga 12 ta zamonaviy maxsus avtotransport vositasi topshirildi.
Marosimda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev, viloyat hokimining Qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Niyozov, viloyat “Issiqlik ta’minoti” MCHJ direktori Anvar Bo‘riyev hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi.
Yangi texnikalar favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish, issiqlik tarmoqlarida yuzaga keladigan nosozliklarni o‘z vaqtida va sifatli bartaraf etish, eng muhimi, aholiga issiqlik ta’minotini barqaror va uzluksiz yetkazib berish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.