03.02.2026
Avariya-ta’mirlash brigadalari shay holatdami?
Qish mavsumida issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabning keskin ortishi issiqlik ta’minoti tizimlariga qo‘shimcha yuklama tushirishi tabiiy. Bunday sharoitda ayrim issiqlik tarmoqlarida texnik nosozliklar yuzaga kelishi mumkin.
Ana shunday holatlardan biri Navoiy shahrida kuzatildi. Mutaxassislar tomonidan nosozlik joyiga zudlik bilan chiqilib, muammo atroflicha o‘rganildi va qisqa fursatda bartaraf etildi. Avariya-ta’mirlash ishlari belgilangan me’yorlar asosida olib borilib, issiqlik ta’minoti tizimi barqaror holatga keltirildi.
Mutasaddilar tomonidan kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida tizimni muntazam nazorat qilish va profilaktik ishlarni kuchaytirish choralari davom ettirilmoqda.