Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

30.01.2026

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Samarqand shahridagi RK-2 qozonxonasi faoliyati bilan tanishdi

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Samarqand shahridagi RK-2 qozonxonasi faoliyati bilan tanishdi

Ushbu qozonxonani modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun Jahon banki mablag‘lari hisobidan 38,4 mln dollar ajratilgan. Umumiy quvvati 100 mVtni tashkil qiladi.

Sogdiana, Sartepo, Mikrarayon massivlarida 39,4 km PPU issiqlik tarmog‘ini tortish orqali 384 ta ko‘p kvartirali uy, 22 ta ijtimoiy soha ob’yekti, 460 ta IIP o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda qozonlar ishga tushirilgan, rejalashtirilgan 39 400 metr uzinlikdagi isiqlik tarmog‘ining qurilishi 95% ga yakunlangan va 384 ta ko‘p qavatli uyning 140 tasiga issiq suv yetkazib berilmoqda. Bosqichma-bosqich qamrov oshib boraveradi.