07.01.2026
Deputat va OAV vakillari “Issiqlikta’minoti” AJda
Saylovchilarni qiziqtiradigan masalalarga javob olishda eng yaxshi yechim – idora va tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishish.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda issiqlik ta’minoti yo‘nalishida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.
Xalq vakillari alohida qayd etdiki, joylarda aholi bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda berilayotgan savollarning javobini berishda bu kabi sayyor muloqotlar juda qo‘l keladi. Shu bois, deputatlar ham, press-turga kelgan OAV vakillari ham o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha axborotlarga ega bo‘lishdi.
Ushbu uchrashuv Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda sohani raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tashkil qilingan ochiq muloqot doirasida o‘tkazildi.