Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

24.12.2025

Rossiyaning Omsk viloyatida zamonaviy isitish texnologiyalari bilan tanishildi

Rossiyaning Omsk viloyatida zamonaviy isitish texnologiyalari bilan tanishildi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev, Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun Omsk innovasion texnologiyalar zavodi (OmZIT) “Lavart” brendi ostida sanoat qozonlari va isitish tizimlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishildi. Delegatsiya vakillari issiq suv qozonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha barcha sexlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, sun’iy intellektni joriy etish orqali qozonlarni boshqarish tizimlarini qayta jihozlashga qaratilgan innovasion sexlar faoliyati ham o‘rganildi.