23.12.2025
Shu kunlarda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev, Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatida bo‘lib turibdi.
Bugun ular Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xosenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Omsk innovasion texnologiyalar zavodi (OmZIT)ishlab chiqarishini O‘zbekiston hududida qisman mahalliylashtirish, shuningdek, Injiniring markazini tashkil qilish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.