Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

18.12.2025

“Issiqlik ta’minoti” AJ va “Saudi Tabreed” o‘rtasida Nukus loyihasi bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Issiqlik ta’minoti” AJ va “Saudi Tabreed” o‘rtasida Nukus loyihasi bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 5-dekabrda Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha Saudiya Arabistonining “Saudi Tabreed” kompaniyasi bilan imzolangan kelishuv ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 16-dekabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida “Issiqlik ta’minoti” AJ hamda “Saudi Tabreed” rahbariyati o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Nukus loyihasi bo‘yicha keyingi amaliy ishlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, yangi istiqbolli loyiha lokatsiyalari yuzasidan dastlabki baholash ishlarini boshlash masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar yangi lokatsiyalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida “Saudi Tabreed” rahbariyatining joriy yil 29-dekabr kuni O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olishdi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Nukus shahrida loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarini 2026-yil mart oyidan boshlash rejalashtirilmoqda.