Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

02.12.2025

CO₂≈ 11 622 tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi

CO₂≈ 11 622 tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi

“Issiqlikta’minoti” AJ tizim tashkilotlari tomonidan 2025 yil uchun tasdiqlangan investisiya dasturlari doirasida umumiy quvvati 57,5 MWt bo‘lgan, ma’nan va jismonan eskirgan qozonxonalar rekonstruksiya qilindi. 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik doirasida esa umumiy quvvati 57 MWt bo‘lgan qozonlar mukammal ta’mirlandi.

Natijada, 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumi davomida umumiy 114,5 MWt quvvatga teng, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qozonlar foydalanishga qabul qilindi. E’tiborlisi, 6 mln 117 m3 tabiiy gaz iqtisod qilindi, atmosferaga CO₂≈ 11 622 tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

Ushbu yangi quvvatlarning joriy etilishi evaziga o‘rtacha 1004 ta ko‘p qavatli uy yoki 40160 ta xonadonni markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlanish imkoniyati yaratildi.