Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

26.11.2025

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) bosh direktori Jeong Yong Ki bilan uchrashuv o‘tkazdi va tomonlar minnatdorlik xatlarini almashdi.

Aytish kerakki, hozirda Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi bilan markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha bir qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda mazkur loyihalarning borishi, galdagi qilinishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC)1985 yilda AJ sifatida tashkil etilgan davlat muassasasi hisoblanadi. Mamlakatdagi 2 milliondan ortiq uyni markazlashgan issiqlik ta’minoti, sovutish va elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Korporatsiyaning mamlakat bo‘ylab 6 ta ofis, 19 ta filial va 15 ta issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Milliy operator maqomiga ega.