18.11.2025
Ayni daqiqalarda poytaxtimizda “Davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy kapitalni mobilizatsiya qilish” mavzusida III Davlat-xususiy sheriklik xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Davra suhbati — O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash, xususiy kapitalni iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveriga aylantirish va DXSH tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga qaratilgan strategik platforma hisoblanadi.
Ushbu forumda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda “Issiqlikta’minoti” AJ mutasaddilari ham ishtirok etmoqda.