14.11.2025
“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Jahon bankining Markazlashgan issiqlik ta’minoti samaradorligi loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu missiya Andijon, Buxoro, Samarqand hamda Chirchiq shaharlarida bo‘lib, Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar holatini o‘rganib chiqdi.
Bank vakillari, mahalliy hokimiyat, issiqlik ta’minoti mutaxassislari hamda aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, loyihani 2025 yil oxiriga qadar yakunlash bo‘yicha vazifalarni belgilab oldi.
140 mln dollarlik loyiha issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 2025 yilning 9 oyida 2 ta qozonxona rekonstruksiya qilinib, 29 km issiqlik tarmog‘i tortilgan. 192 ta ko‘p qavatli uyning ichki tizimlari tiklangan.
Yil yakuniga qadar 20 MVt yangi qozon o‘rnatish, 34,8 km tarmoq almashtirish, 25 ta IIP o‘rnatish va 428 ta ko‘p qavatli uyning ichki tizimlarini tiklash rejalashtirilgan.
Loyihalarning to‘liq yakuni bilan 100 mingdan ortiq xonadon markazlashgan issiqlik energiyasi bilan sifatli ta’minlanadi.