Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

30.10.2025

Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Daniyaning “Danfoss” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Daniyaning “Danfoss” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Danfoss — bu energetika, sovitish, isitish, sanoat va avtomatlashtirish tizimlari uchun komponentlar ishlab chiqaruvchi global texnologik kompaniya hisoblanadi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar kompaniya faoliyati haqida ma’lumotlar berdi.

O‘zbekistonda ushbu kompaniya tomonidan IIP (individual issiqlik punkt)larini o‘rnatish, ularni ekspluatatsiya qilish, servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda o‘quv kurslari va seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga o‘zgartishlar kiritishda kompaniyaning tajribasidan foydalanish mumkinligi qayd etildi.