Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

22.10.2025

O‘zbekiston tomoni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan ko‘p yillardan beri samarali hamkorlik qilib keladi.

O‘zbekiston tomoni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan ko‘p yillardan beri samarali hamkorlik qilib keladi.

Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Alijon Hikmatov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi maxsus maslahatchisi Akira Ishihara hamda Shaharsozlik va loyihalarni boshqarish bo‘limi bosh ilmiy xodimi Ayase Yazaki bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda, issiqlik ta’minoti yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Dastlabki uchrashuv bo‘lgani bois, tomonlardagi mavjud imkoniyatlarni o‘rganish uchun qulay fursat bo‘ldi.

JICA mutaxassislari - O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minoti yo‘nalishida yagona davlat siyosatini olib boradigan tuzilma yaratilganini olqishladi.

Aytish kerakki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) yurtimizda ko‘plab sohalarda, xususan, energetika va kommunal xizmatlar, suv ta’minoti va ekologiya, transport, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.