21.10.2025
Xalq tilida gapir, dunyo eshitsin!
Bugun mamlakatimizda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – O‘zbek tili bayrami keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan “Issiqlikta’minoti” AJ, Toshkent kitob markazi bilan hamkorlikda festival tashkil qildi.
Ishtirokchilar o‘zbek tilining jozibasi, boyligini ko‘rsatib beradigan asarlar bilan yaqindan tanishish, chegirmalar asosida xarid qilish, adiblar, taniqli insonlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Kitobsevarlar o‘rtasida turli viktorinalar tashkil qilindi. Gʻoliblarga o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari sovg‘a qilindi.