Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

08.10.2025

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Termiz tumani "Yangiobod" MFY hududi, "Yangi O‘zbekiston" massivida qurilgan qozonxonani ko‘zdan kechirdi.

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Termiz tumani "Yangiobod" MFY hududi, "Yangi O‘zbekiston" massivida qurilgan qozonxonani ko‘zdan kechirdi.

Ob’yektning umumiy qiymati 18 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil qiladi. Jami quvvati 12 MVt bo‘lgan 2 ta qozon o‘rnatildi. Salkam 3 kilometr issiqlik tarmog‘i tortildi.
Qozonxona ishga tushgach, 12 ta ko‘p qavatli uy hamda bir nechta ijtimoiy soha ob’yektlari markazlashgan issiqlik bilan qamrab olinadi.

Boshqaruv raisi mas’ullarga qozonxona ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bir qator ko‘rsatmalar berdi.

Hozirda ob’yektda yakuniy ishlar bajarilmoqda.