03.10.2025
Mavjud tizimlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mavjud tizimlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga qadar yillik rejaga nisbatan 100,1 km (76%) issiqlik tarmog‘ini tortish, 58 ta isitish qozonini (87%) o‘rnatish ishlari amalga oshirildi hamda qurilish va montaj uchun ajratilgan 531,6 mlrd so‘m mablag‘dan 377,5 mlrd so‘m (71%) o‘zlashtirilib, 387,6 mlrd so‘m (73%) moliyalashtirildi.
Xususan, issiqlik ta’minoti korxonalari tasarrufidagi 16 ta (70 %) isitish qozoni va 60,4 km (75 %) issiqlik tarmog‘ida qurilish va modernizatsiya ishlari, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 42 ta (95%) isitish qozoni va 39,7 km (78%) issiqlik tarmoqlarini qurish ishlari yakunlandi.