Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

11.09.2025

“O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish” mavzuida O‘zbekiston - Koreya forumi davom etmoqda

“O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish” mavzuida O‘zbekiston - Koreya forumi  davom etmoqda

Forumda Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi rahbariyati, mutaxassislari, markaziy issiqlik/markaziy sovutish/kogeneratsiya sohalarida faoliyat yurituvchi koreys kompaniyalari vakillari, O‘zbekiston tomonidan “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyati, hududiy filiallar muhandislari, markaziy issiqlik ta’minoti sohasidagi qurilish va injiniring kompaniyalar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Ular ikki kun davomida Koreyaning markaziy issiqlik ta’minoti (KDHC), markaziy sovutish (DC), kogeneratsiya va trigeneratsiya texnologiyalari bilan tanishtiriladi va yetakchi koreys kompaniyalari taqdimotlari va biznes uchrashuvlarda qatnashadi.