11.09.2025
O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish” mavzuida O‘zbekiston - Koreya forumi
Forumni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev hamda Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi bosh direktori Jeong Yong Ki ochib berdi.
Ta’kidlanganidek, ikki davlat o‘rtasida ko‘plab sohalarda, xususan, markazlashgan issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ham qo‘shma loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Qayd etilganidek, ushbu forum O‘zbekistonda markaziy issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirish va eng so‘nggi kogeneratsiya hamda trigeneratsiya texnologiyalarini joriy etishni maqsad qilgan.
K-Heatingning muvaffaqiyatli texnologiya va tajribalarini “Issiqlikta’minoti” AJning hududiy xodimlariga yetkazish. “K-Heating” — bu Koreya tajribasiga asoslangan zamonaviy markazlashgan issiqlik ta’minoti texnologiyasi bo‘lib, unda energiya tejamkorlik, havoni kam ifloslantirish va filtrlar orqali ekologik talablarga mos kelishi asosiy ustunlik tomoni sanaladi.
Joriy yilning iyun, iyul oylari davomida mamlakatimizda koreyalik mutaxassislar tomonidan biomassa (chiqindi) asosida loyihalarni amalga oshirish va situasion markaz barpo etish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi.
Xususan, Angren, Qo‘qon va Jizzaxdagi chiqindi poligonlari va issiqlik korxonalariga tashriflar – uskunalarning holati, poligonlar ma’lumotlari va biomassa salohiyati o‘rganildi. Koreya kompaniyalari bilan onlayn uchrashuvlar – biomassa asosidagi kogeneratsiya loyihasi bo‘yicha texnik va moliyaviy savollar muhokama qilindi. Situasion markazni barpo qilish bo‘yicha Navoiy, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Jizzax va Buxoro shaharlarida texnik o‘rganishlar o‘tkazildi.
Forum davom etmoqda.