02.09.2025
Hududlardagi loyihalar o‘rganilmoqda
“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov Namangan viloyatida Issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, shuningdek, davlat va investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning bajarilish holatini o‘rgandi.
Xususan, RK-1, RK-2 qozonxonalari, “Yangi O‘zbekiston” massivi, “Oblkolxozstroy” qozonxonalaridagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bugungi kunda viloyatda 1 840 ta ko‘p qavatli uy (57 501 ta xonadon) mavjud bo‘lib, shundan 1 078 tasi (40 076 ta xonadonlar) markazlashgan va individual issiqlik energiyasi bilan ta’minlangan.
Qolgan 762 ta uy (17 425 ta xonadon) loyihasiz yoki qo‘lbola usulda isitib kelinmoqda.
Viloyatda ikkita Issiqlik ta’minoti korxonasi (Namangan viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ va Davlatobod “Issiqlik ta’minoti” MCHJ) faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning balansida 23 ta qozonxon va 93 km issiqlik tarmog‘i mavjud. Ushbu issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan 259 ta ko‘p qavatli uy (9 023 ta xonadon) va 36 ta ijtimoiy soha ob’yektiga issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.