Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

29.08.2025

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

“Issiqliktaʼminoti” AJ markaziy apparati, hududiy tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan madaniy uchrashuv tashkil qilindi.

Dastlab, Jamiyat boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev barcha xodimlarni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarimiz zamirida tinchlik, mustaqillik kabi neʼmatlar yotganini alohida taʼkidladi.

Mustaqilligimizning 34 yillik shodiyonalarini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrash lozimligi aytildi.

Albatta, oxirgi yillarda O‘zbekistonning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari nafaqat yurtdoshlarimiz tomonidan, balki, xalqaro hamjamiyat tomonidan alohida eʼtirof etilmoqda. Bu – olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatimiz to‘g‘ri yo‘lda ekaniga berilgan bahodir.