Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

25.08.2025

Shu kunlarda Turkiyada xizmat safarida bo‘lib turgan “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov issiqlik taʼminoti yo‘nalishidagi turli korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Maʼlumki, Mimsan‘ning asosiy ustuvorligi - biomassa va chiqindidan energiya olish (Waste-to-Energy). Shu bilan birga, kompaniya ishlab chiqargan qozonlar gaz, dizel, mazut va past kaloriyali ko‘mirda ham ishlay oladi.

Mutaxassislarimiz, Anqaradan 660 kilometr shanubi-sharqda joylashgan Malatya shahridagi alternativ yoqilg‘ilar va biomassadan foydalanib energiya ishlab chiqarayotgan bir nechta xususiy korxonalarda ham bo‘lishdi. Bu yerda ishlab turgan qozonlar Mimsan Group tomonidan yetkazib berilgan.

Mazkur korxonalar ko‘plab muvaffaqiyatli yutuqlarga erishgan, bozor talablari asosida ish ko‘radi. Shu bois, o‘zimizga mos tajribalarini O‘zbekistonda qo‘llash asosiy maqsad qilingan.