Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

10.04.2026

"Issiqlikta’minoti" AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda hurmatli iste’molchilar!

"Issiqlikta’minoti" AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda hurmatli iste’molchilar!

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati "Issiqlikta’minoti" aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ham ustuvor vazifasidan biri sanaladi. Biz sohada har qanday ko‘rinishdagi noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish, tizimni "korrupsiyadan xoli soha"ga aylantirish yo‘lida keskin choralar ko‘rmoqdamiz.

Issiqlik ta’minoti tizimida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish faqatgina shaffoflik va halollik asosiga qurilishi shart. Biz Jamiyatimizning har bir bo‘g‘inida "komplayens-nazorat" tizimini joriy etdik va har bir murojaat shaxsan mening nazoratimda bo‘ladi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Agar siz tizimimizdagi korrupsion holatlar, ta’magirlik yoki soha xodimlarining nopok xatti-harakatlariga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali bevosita xabar berishingizni so‘rayman:

Ishonch telefonlari: +998712070253

Elektron murojaatlar: i.turayev@uzissiq.uz

Kafolat beramiz: Sizning murojaatingiz qonuniy tartibda o‘rganilib, shaxsingizning maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi.

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashib xalqimizga sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatishdan mamnunmiz.

"Issiqlikta’minoti" AJ

boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev