03.04.2026
Endi aholi murojaatlariga boshqacha qaraladi
Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida o‘tkazilgan qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan issiqlik ta’minotiga oid murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur murojaatlarni joyida o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ direktori Anvar Bo‘riyev tegishli mutasaddilar bilan birgalikda Navoiy shahridagi Sputnik qo‘rg‘onida joylashgan ko‘p qavatli uylarda bo‘ldi.
O‘rganishlar davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mutasaddilar tomonidan tizimni yanada yaxshilash, aholiga sifatli va barqaror issiq suv yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.