Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

16.07.2025

Joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilan ishlar va galdagi muhim vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilan ishlar va galdagi muhim vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, vazirlik huzuridagi tizim tashkilotlari, hududlardagi masʼullar ishtirok etdi.

Xususan, kengaytirilgan yig‘ilishda “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev ham qatnashib, amalga oshirilgan ishlar va muhim vazifalar bo‘yicha hisobot berdi.

Yig‘ilishda, Jamiyat yangi tashkil topgan bo‘lishiga qaramasdan, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda katta qadamlar tashlangani alohida qayd etildi.

Hisobot davrida “Issiqliktaʼminoti” AJ tizim tashkilotlari tomonidan jami 4,4 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan. Shundan, aholiga 1,1 mln Gkal, yuridik isteʼmolchilarga 3,3 mln Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan.

Kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, turli dastur va loyihalar bo‘yicha qilinayotgan ishlarga ham alohida to‘xtalindi.

Shuningdek, yechimini kutayotgan muammoli masalalar, xususan, hisob-kitob tizimini tartibga solish va operatsion samaradorlikni oshirish orqali korxonalarning moliyaviy holatini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladigan bo‘ldi.